Akademik litsey
Akademik litsey

 

OʻZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI

 

TOSHKЕNT MOLIYA INSTITUTI AKADЕMIK LITSEYI

 

 

AKADЕMIK LITSEY TOʻGʻRISIDA UMUMIY MAʼLUMOT

 

 Toshkent moliya instituti akademik litseyi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 27 iyuldagi “Umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʼqitishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-427-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 31 avgustdagi “Oliy taʼlim muassasalari tasarufidagi litsey va litsey-internatlar negizida akademik litseylar tashkil etish toʼgʼrisida”gi 188-sonli qarori hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2006 yil 19 sentyabrdagi 216-sonli buyrugʼiga asosan tashkil etilgan.

 

 Аkademik litseyga 2010 yili yangidan qurilib, zamon talabiga mos qilib jihozlangan bino foydalanishga topshirildi. Binoni sigʼimi 450 oʼquvchiga moʼljallangan, litsey hududida 3 qavatli oʼquv binosi,
1 qavatli sport zal binosi mavjud.

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI AKADEMIK LITSEYINING TASHKILIY TUZILMASI

 

 

- Umumiy xodimlar soni - 59 nafar. Shundan: Boshqaruv xodimlari - 8 nafar, o'qituvchilar - 21 nafar, xizmat ko'rsatish va texnik xodimlar - 30 nafar.

 

- Talim yo'nalishlari - 3 ( Aniq  fanlar (iqtisod), Xorijiy filologiya(ingliz tili), ijtimoiy-gumanetar fanlar).

 

- Ta'lim olayotgan o'quvchilar soni - 346, shundan Aniq fanlar (iqtisod) - 198, Xorijiy filologiya(ingliz tili) - 100, ijtimoiy-gumanetar fanlar - 48.

 

- Jami bitiruvchilar soni - 166, shundan Aniq fanlar (iqtisod) - 94, Xorijiy filologiya(ingliz tili) - 48, ijtimoiy-gumanetar fanlar - 24.

 

AKADЕMIK LITSEYNING ILMIY SALOHIYATI

 

 Аkademik litsey oʼquv-tarbiya jarayonida oʼqitishning ilgʼor shakllarini, yangi pedagogik va axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etib darslar olib boriladi. 2018-2019 oʼquv yilida fanlar kesimida oʼquv uslubiy majmualar tayyorlangan va shu oʼquv uslubiy majmualardan oʼquv mashgʼulotlarida foydalaniladi. Litseyda doimiy ravishda oʼquv uslubiy seminarlar tashkil etiladi, unda fan oʼqituvchilari pedogogik jamoadagi yosh oʼqituvchlarga metodik tavsiyalar beradilar. Litseyda reja asosida fan oyliklari, ochiq darslar oʼtkazib boriladi.

 

 Аkademik litsey bitiruvchilarining kirish koʼrsatkichini oshirish maqsadida tizimli asosda oliy taʼlim muassasalari tomonidan tashkil etilgan “Taʼlim va mutaxassislik”, “Ochiq eshiklar kuni”, “Kasblar festivali” va boshqa shu kabi tadbirlarda oʼquvchilarning ishtiroki taʼminlanadi.

 

 Bitiruvchi oʼquvchilar bilimini muntazam tekshirib borish maqsadida Davlat test markazi bilan hamkorlik aloqalari oʼrnatilgan.

 

OʼQUVCHILАR UCHUN YARАTILGАN SHАROITLАR

 

 

 

Success helper
Success warning