Joriy yilning 14-iyul kuni Toshkent moliya instituti akademik litseyida aniq fanlar (iqtisod) yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki saralash imtihonlariga start berildi.
Imtihonlar bevosita Toshkent moliya instituti nazorati ostida akademik litsey tomonidan litsey sport majmuasida tashkil etilmoqda. Imtihon jarayonida o‘quvchilar uchun zaruriy barcha sharoitlar yaratildi. Shuningdek, mazkur jarayonni shaffof tarzda o‘tkazish maqsadida kuzatuv kameralari, ota-onalar imtihonni kuzatib borishga mo‘ljallangan monitorlar qo‘yildi. Toshkent moliya instituti oliy matematika, o‘zbek va rus tillari, xorijiy tillar kafedrasi pedagog xodimlari ham jalb etildi.
Maʼlumot uchun: Toshkent moliya instituti akademik litseyida dastlabki saralash imtihonlari 14-, 15-iyul kunlari ikki smenada, 16-iyul kuni esa bir smenada bo‘lib o‘tadi.
Toshkent moliya instituti akademik litseyiga hujjat topshirgan barcha o‘quvchi-yoshlarga omad tilaymiz!
Bitiruvchi 2022!!!!!
2022-yil 4-iyul kuni Toshket moliya instituti akademik litseyida "Oq yo'l senga bitiruvchi" nomli bitiruv kechasiga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Mazrkur tadbirda Toshkent moliya instituti O'quv ishlari bo'yicha prorektori, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mehmonov Sultonali Umaraliyevich, litsey o'qituvchilari, o'quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Diplomlarni berish jarayonida litseydagi o'quv jarayonida tarbiyasi, hulqi va bilimi bilan har tomonlama o'zini ko'rsatgan o'quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar berildi.
Toshkent moliya instituti akademik litseyida 2022-yil 15-aprel kuni zakovat musobaqasi bo'lib o'tdi.
Zakovatning birinchi bosqichida aniq fanlar yo'nalishi 1-kurs jamoalari ishtirok etishdi.
Birinchi bosqichda I 105 guruh o'quvchilari g'olib bo'lishdi.??
2022-yil 28-mart kuni Toshkent moliya instituti tomonidan tashkil etilgan "Assalom, Navro'z - yangilanish va ezgulik,qadr-qimmat ayyomi" nomli bayram tadbirida Toshkent moliya instituti akademik litseyi o'quvchilari o'z konsert dasturi bilan qatnashdilar.
Ko'tarinki ruhda o'tgan bayram tadbirida estrada xonandalari bilan bir qatorda toshkent moliya instituti akademik litseyi o'quvchilari ham o'z chiqishlarini namoyish etdilar.
Milliy cholg'u asbobi - qashqar rubobida "Andijon polkasi" kuyi.