Saralash imtihonlari

Saralash imtihonlari

Joriy yilning 14-iyul kuni Toshkent moliya instituti akademik litseyida aniq fanlar (iqtisod) yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki saralash imtihonlariga start berildi.

Imtihonlar bevosita Toshkent moliya instituti nazorati ostida akademik litsey tomonidan litsey sport majmuasida tashkil etilmoqda. Imtihon jarayonida o‘quvchilar uchun zaruriy barcha sharoitlar yaratildi. Shuningdek, mazkur jarayonni shaffof tarzda o‘tkazish maqsadida kuzatuv kameralari, ota-onalar imtihonni kuzatib borishga mo‘ljallangan monitorlar qo‘yildi. Toshkent moliya instituti oliy matematika, o‘zbek va rus tillari, xorijiy tillar kafedrasi pedagog xodimlari ham jalb etildi.

Maʼlumot uchun: Toshkent moliya instituti akademik litseyida dastlabki saralash imtihonlari 14-, 15-iyul kunlari ikki smenada, 16-iyul kuni esa bir smenada bo‘lib o‘tadi.

Toshkent moliya instituti akademik litseyiga hujjat topshirgan barcha o‘quvchi-yoshlarga omad tilaymiz!

11:01 / 2022-07-25
Success helper
Success warning